Jizzax shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida hashar ishlari faol olib borilmoqda. Hashar davomida atrof-muhit tozalandi, hudud obodonlashtirildi, daraxtlarga agrotexnik xizmat ko‘rsatildi va chiqindilar olib ketildi. Ushbu tadbir shahar ko‘rkini oshirish, ozodalikka erishish hamda atrof-muhitga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. unday jamoaviy sa’y-harakatlar shaharning yanada go‘zal va yashil bo‘lishiga, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida obodonlashtirish madaniyatini shakllantirishga katta hissa qo‘shadi. Obod va toza shahar – barchamizning burchimiz!