Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi 10-“Obod” saylov okrugidan saylangan deputat K.Yarmatov va “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda shahardagi “Obod” mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand, nogironligi bor oilalar holidan xabar olindi. Ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan muloqot qilinib, yechimi bo‘yicha tegishli tashkilot mutasaddilariga deputatlik so‘rovi yuborilishiga kelishib olindi.