Yangiliklar

🔰Deputat nazorati.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati X.Xamdamova tomonidan “Zilol” MFYda istiqomat qiluvchi aholining ijtimoiy holati va davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati uchrashuvlar orqali o‘rganildi.

🔸Xususan, deputat ushbu mahallaning “Yangiqo‘rg‘on” ko‘chasida yashovchi, "Kambag‘al oilalar reyestri"da turuvchi I-guruh nogironi D.Xatamova xonadonida bo‘ldi. Fuqaro bir necha yildan buyon qandli diabet kasalligi bilan og‘rib kelayotganligi sababli, uning yashash sharoiti va dori-darmon ta‘minoti alohida ko‘rib chiqildi.

 🔸O‘rganish davomida aniqlangan muammolar, ayniqsa, bemorni bepul dori-darmon bilan ta‘minlash hamda unga manzilli ijtimoiy yordam ajratilishi masalalari deputat X.Xamdamova tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 3