🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashiga “Sayxon” MFY, “Sayxonsoy” ko‘chasida yashovchi fuqaro N.Qosimovdan mahalladagi ichki ko‘prikni taʼmirlash masalasida murojaat qilgan edi.
🔸Ushbu masala Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Yakubov hamda "Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi raisi B.Toshpo‘latov tomonidan o‘rganildi.
🔸Muloqot davomida fuqaroga ko‘prikni qurish va ta‘mirlash ishlari belgilangan loyiha-smeta hujjatlari asosida, tizimli ravishda amalga oshirilishi bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.
🔸Aniqlangan masalalarni huquqiy doirada hal etish choralari belgilanib, ko‘prikni ta‘mirlash jarayoni shahar Kengashi tomonidan qat‘iy nazoratga olindi.