🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov tomonidan “Kaliya” MFY “Sarchashma” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar E.Soliyev, T.Pirnazarov, U.Donishev va S.Soatovlarning ko‘cha ta‘miri bo‘yicha qilgan murojaati joyiga borib o‘rganildi.
🔸 Mazkur masala Jizzax shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas‘ul xodimi D.To‘rayev bilan birgalikda ko‘rib chiqildi va 2026-yilning yaqin muddatdagi davlat dasturlari (manzilli ro‘yxatlar) doirasida moliyalashtirish imkoniyatini kiritish belgilandi.