📣 QONUNLAR MAZMUN-MOHIYATI AHOLIGA YETKAZILMOQDA
🏛 Sherobod tumanida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda amaldagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
👨💼 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘RQ–728-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Unda mazkur qonunning fuqarolar va tadbirkorlar uchun yaratadigan imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.
🏗 Shuningdek, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin-Xakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi O‘RQ–676-son Qonuni yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbir ishtirokchilariga shaharsozlik va qurilish sohasidagi yangi tartiblar hamda ularning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlar yetkazildi.
📍 “Xakimobod” mahallasida tashkil etilgan uchrashuv davomida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
🤝 Bunday tadbirlar aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirishga xizmat qiladi.