Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi raisi, senator U.Oxunov Jalaquduq tumani Oyim qishlog`ida bo`lib, mahalla raislari hamda “mahalla yettiligi” a`zolari bilan uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy- iqtisodiy ahvol, aholini qiynab kelayotgan muammolar, ayniqsa, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini
ta`minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, shuningdek, nuroniylarning hayot tajribasidan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari o`zlarini qiziqtirgan
masalalar yuzasidan fikr- mulohazalarini bildirib, amaliy takliflarini ilgari surdilar. Senator tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida qator dolzarb masalalar yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi hamda ularni hal etish bo`yicha mas`ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, uchrashuvda tuman hokimi, tuman Kengashi deputati X.Latipov hamda deputat A.Qurbonovlar ishtirok etib, hududni yanada rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berdilar. Ular tomonidan bildirilgan fikrlar asosida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi. Mazkur uchrashuv ochiq muloqot ruhida o`tib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyida o`rganish va ularga yechim topishda muhim ahamiyat
kasb etdi.