Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR KUNI DOIRASIDA DEPUTAT TASHABBUSI

 Yurtboshimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan bugun tuman Agrobank rahbari, tuman Kengashi deputati I.Butabekov o`ziga biriktirilgan Kapa va To`racheki
mahallalari yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvlar davomida yoshlar urtasida sport musobaqasi tashkil etish taklifi tinglanib, shu kunning o`zida sportning mini fudbol turi bo`yicha qo`shni mahallalar yoshlar yetakchilari boshchiligida uyushmagan yoshlari o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. O`yin juda shiddatli va murosasiz tarzda bo`lib o`tdi.
Musobaqa yakunida g`olib bo`lgan To`racheki mahalla yoshlariga I.Butabekov tomonidan sovrin uchun 2.500.000 so`m pul mukofoti va ikkala mahalla yoshlar yetakchilariga esdalik sovg`alari topshirildi.