Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati F.Sadullayeva oʻzining navbatdagi sayyor qabuli oʻtkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning turli masalalar yuzasidan murojaatlari oʻrganildi. Mavjud muammolarning aksariyati daxldor hal etildi. Xususan, N.Matkarimovaning oʻqishidagi muammolarini yechishda amaliy yordam berishimni soʻrab murojaati TTAkademiyasi rektori R.Roʻzibayev bilan uchrashib ijobiy hal boʻlishiga erishildi. M. Xudoyorova ish bilan taʼminlash masalasidagi murojaati boʻyicha “Urganch Milliy tikuvchilik”oilaviy korxonasiga tikuvchi lavozimiga ishga joylashtirildi va turmush oʻrtogʻi Z.Razzaqovni ham ishga joylashtirish yuzasidan tushuntirish berildi.
Shuningdek, muloqot davomida koʻplab fuqarolarga ularni qiziqtirayotgan masalalar boʻyicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.