Karimov Ilyosbek Usmonovich 14-“Namuna” saylov okrugi deputati “Rovot” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda “Kambag‘allikdan – farovonlik sari” dasturi orqali aholini kambag‘allikdan chiqarish va migratsiya bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordi. Aholi bilan suhbatlashib, ularning muammolarini o‘rgandi. Ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minladi. Chetga ishlash uchun chiqib ketishni oldini olish maqsadida tumandagi bo‘sh ish o‘rinlar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Bundan tashqari bo‘sh yotgan ariq va zovurlarda o‘rdak boqishni yo‘lga qo‘yish, ko‘chalarda uzum ko‘chatlarini ekish va so‘rtaklarini qurib daromadlarini oshirish mumkinligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.