Uchrashuv davomida deputat mahalla yettiligi ish faoliyati o‘rganilib u yerda olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr mulohazalar almashildi. So‘ngra, ko‘p vaqtlardan buyon aholini qiynab kelayotgan QVP moddiy texnik bazasidagi kamchiliklar, ko‘chalardagi yaroqsiz holatga kelib qolgan elektr ustunlar, tartibsiz joylashtirilgan gaz tarmoqlari bo‘yicha aholi murojaatlari joyiga borib o‘rganildi va ushbu muammolar yechimlari bo‘yicha kelishib olindi.