"Alleya" sog‘lomlashtirish yo‘laklari qurilishi qizg‘in pallada
Gʻallaorol tumani Olimlar mahallasi hududidagi “Alleya” sog‘lomlashtirish yo‘laklarini tashkil etish qurilish ishlari jadal suratda olib borilmoqda. Bu loyiha nafaqat mahallaning ko‘rinishini o‘zgartiradi, balki aholining salomatligi va faol hayot tarzi uchun ham muhim ahamiyatga ega.