Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

UÇTEPA TUMANI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIŞTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BÖLIMI FAOLIYATI ÖRGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa

UÇTEPA TUMANI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIŞTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BÖLIMI FAOLIYATI ÖRGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining "20-Xirmontepa" saylov okrugi deputati Saodat Malikova öz saylov okrugi hududida joylaşgan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi faoliyati bilan tanişdi. Örganiş davomida muassasada amalga oşirilişi rejalaştirilgan ta’mirlaş va obodonlaştiriş işlari yuzasidan dastlabki holat közdan keçirildi.

📁 Örganiş Xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşining 2026-yil 15-sentabrdagi III-34-88-14-202-K/26-sonli qarori bilan boğliq bölib, “Oçiq budjet” portalida ğolib deb topilgan loyiha doirasida muassasa parazitologiya laboratoriyasini kapital ta’mirlaş, dezinfeksiya tadbirlari bölimi uçun dezinfeksiya kamerasi va qöşimça xonalar quriş, qorovulxonani ta’mirlaş, turniket örnatiş hamda taşkilot hududini obodonlaştiriş işlari rejalaştirilgan. Mazkur maqsadlar uçun 1 milliard 648 million söm mablağ yönaltirilişi belgilangan.

📝 Deputat mas’ullar bilan birgalikda loyihaga kiritilgan takliflarni birma-bir közdan keçirib, amalga oşirilişi lozim bölgan işlar yuzasidan öz fikr va tavsiyalarini bildirdi. Şuningdek, loyihani işlab çiqayotgan taşkilot mas’ullariga muassasaning mavjud ehtiyojlarini inobatga oliş, işlarni samarali rejalaştiriş va belgilangan vazifalarni sifatli bajariş böyiça takliflar yetkazildi.

💼 Örganişda xalq deputatlari Uçtepa tumani Kengaşi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda Kengaş huzuridagi ekspert komissiyasi a’zosi Alişer Giyasov ham iştirok etdi.

📈 Mazkur loyiha amalga oşirilişi natijasida muassasaning moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, laboratoriya va dezinfeksiya bölimi faoliyati uçun zarur şaroitlar yaratiş hamda hudud infratuzilmasini zamonaviy talablarga moslaştiriş közda tutilgan. Dastlabki örganişdan asosiy maqsad — loyiha işlarini puxta rejalaştiriş, mavjud ehtiyojlarni töliq qamrab oliş va ajratiladigan mablağlardan samarali foydalanişga kömaklaşişdan iborat.

Slide 1 of 3