Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

OLMAZOR TUMANIDA MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH VA BOLALAR MAYDONCHALARIDAN MAQSADLI FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ OLMAZOR TUMANIDA MAHALLA INFRATUZILMASINI YAXSHILASH VA BOLALAR MAYDONCHALARIDAN MAQSADLI FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 9-“Qorasaroy” saylov okrugidan saylangan deputati Luiza Hikmatova tomonidan Olmazor tumanida mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

🔺 Muloqot davomida “G‘ani Azamov” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 185-sonli umumta’lim maktabining isitish tizimini ta’mirlash, shuningdek, Qoraqamish-1/3 dahasida futbol maydonchasi qurish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

📉 Suhbatda mahallalarda bolalar va o‘smirlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, mavjud sport maydonchalarini saqlash hamda ulardan belgilangan maqsadda foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

♻️ Xususan, deputatlarga ajratilgan mablag‘lar hisobidan barpo etilgan bolalar maydonchasi o‘rnida aholi tomonidan avtoturargoh tashkil etilgani bilan bog‘liq holat muhokama qilindi.

💡 Deputat Luiza Hikmatova mahalla raisi bilan muloqotda bolalar uchun tashkil etilgan maydonchalardan maqsadli foydalanish, ularning saqlanishini ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga e’tibor qaratdi.

🤝 Shuningdek, mahallada amalga oshirilishi rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining holati, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

📝 Mazkur mulqot mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, xususan, mahallalarda bolalar uchun sport maydonchalarini tashkil etish, mavjud infratuzilma obyektlarini saqlash, hududlarni obodonlashtirish hamda aholi manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirish vazifalari bilan bevosita bog‘liq.

🗣 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatovaning mahalla raisi bilan o‘tkazgan suhbati hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, bolalar maydonchalaridan maqsadli foydalanish hamda rejalashtirilgan loyihalar ijrosiga e’tibor qaratishga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6