Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

GULPIYON MAHALLASIDA SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI O‘TKAZILDI

📌 GULPIYON MAHALLASIDA SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI O‘TKAZILDI
#sessiya_masalasi
#kotibiyat_mudiri
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati M.Yo‘ldashev hamda kotibiyat mudiri Shuhratjon Rahimov tomonidan 10-Guliston saylov okrugi hududida sessiya oldi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish davomida Gulpiyon MFY hududidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish loyihasining amalga oshirilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

🚜 Mazkur loyiha "Deputatlar tashabbusi" tanlovida g‘olib deb topilgan bo‘lib, uni amalga oshirish uchun 1 milliard 647,7 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Hozirgi kunda qurilish ishlari yakunlangan.

✅ O‘rganish yakunida loyiha ishlarini sifati ko'zdan kechirildi, o'rganish natijalari navbatdagi sessiyada muhokama qilinishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3