Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔍NAZORAT-TAHLIL TADBIRLARIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR NAZORATGA OLINDI

🔍NAZORAT-TAHLIL TADBIRLARIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR NAZORATGA OLINDI

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi Ozodaxon Dadajonova tomonidan 43-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida o‘quvchilar uchun zamonaviy sport maydonchasi yo‘qligi aniqlandi.
Muammoni bartaraf etish maqsadida mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Maktab hududida mini stadion barpo etish uchun yetarli yer maydoni hamda qurilishda homiylik ko‘magidan foydalanish imkoniyati mavjud. So‘rovda loyihani amalga oshirish uchun tegishli ruxsatnomalar berish va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish so‘raldi.
Yoshlarimiz munosib sharoitda sport bilan shug‘ullanishi uchun masala ijrosi to‘liq nazoratga olindi.

Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-Kengash.uz

Slide 1 of 4