Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘lchi" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahallasida ko‘cha aylanish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida deputat mahalla aholisi bilan uchrashib, hududni rivojlantirish va fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan fikr almashdi.
Aholining murojaatlariga asosan mahalla hududida faoliyat yuritayotgan kichik bozor faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Bozor infratuzilmasi, savdo sharoitlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati ko‘zdan kechirildi.
Muhokamalar davomida mazkur bozorni rekonstruksiya qilish, savdo rastalarini zamonaviy talablar asosida tartibga keltirish, sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash hamda fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulay savdo maskaniga aylantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi