Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan 1-"Temiryo‘lchi" saylov okrugi hududidagi "Chorchinor" mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla hududiga kirish va chiqish nuqtalarida o‘rnatilgan kuzatuv tizimlari, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yaratilgan infratuzilma hamda profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda mahalla hududida 37 ta yuzni aniqlash (Face ID) funksiyasiga ega zamonaviy kamera hamda 350 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali hududdagi jamoat tartibini ta’minlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha doimiy nazorat olib borilmoqda.
Ta’kidlanganidek, zamonaviy kuzatuv tizimlarining joriy etilishi mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash hamda tezkor profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘rganish davomida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi mudiri A.Nosirov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamovlar ishtirok etib, o‘rganish ishlarini tashkil etishda ko‘maklashdilar.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi