Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — taraqqiyot va faollikka chorlov
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Elektr ta’minoti masalasi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadriga yuksak ehtirom
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
Deputat “Yangi hayot” mahallasidagi ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishdi

Deputat “Yangi hayot” mahallasidagi ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Ch.Normo‘minov tumandagi “Yangi hayot” mahallasida bo‘lib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori doirasida hududdagi ijtimoiy soha obyektlari hamda infratuzilma holatini o‘rgandi.

Tashrif davomida deputat mahallada joylashgan 40-sonli QVP faoliyati bilan tanishib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud sharoitlar hamda tibbiyot xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar oldi. Shuningdek, tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, aholining murojaatlari bilan ishlash holati ham o‘rganildi.

Shundan so‘ng deputat mahalladagi 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurib, u yerda bolalar tarbiyasi va ta’limi uchun yaratilgan sharoitlar hamda muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Muassasada bolalarning sog‘lom va har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari, deputat mahalla hududida amalga oshirilayotgan infratuzilma va obodonlashtirish ishlari bilan ham tanishdi. Hududdagi yo‘llar, ijtimoiy obyektlar atrofini obodonlashtirish, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 7