Elektr ta’minoti masalasi — jamoatchilik nazoratida
🔹 Farg‘ona tuman
Kengashining 2025-yil 25-avgustdagi qarori ijrosi doirasida hududlarda elektr ta’minotini
yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar jamoatchilik nazoratiga olindi.
Qorasuv MFY hududida olib borilayotgan ishlar tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Raximov va tuman Kengashi deputati
Ozodaxon Dadajonova tomonidan joyiga
chiqib o‘rganildi.
🔹 O‘rganishlar davomida ayrim ko‘chalarda
beton tayanch ustunlari o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi. Biroq Xosil ko‘chasida yashovchi
ayrim fuqarolarning ushbu masala bo‘yicha murojaatlari haligacha hal etilmagani
aniqlandi.
🔹 Mazkur holat elektr ta’minoti
barqarorligini ta’minlashda muammo keltirib chiqarayotgani ta’kidlanib, masala yuzasidan
tegishli tashkilotlarga “Deputatlik so‘rovi”
yuborilishi bo‘yicha kelishib olindi.
Telegram | Facebook | YouTube