Deputat sayyor qabuli
— aholi muammolariga yechim sari
🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman
Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova
hamda tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon
Raximov tomonidan Dilkusho MFY hududida sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolar
bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🔷 Qabul davomida aholi tomonidan
elektr ta’minotini yaxshilash hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil
etish bilan bog‘liq qator dolzarb masalalar ko‘tarildi.
🔷 Murojaatlar yuzasidan tegishli
choralar belgilab olinib, mas’ullarga vazifalar yuklatildi. Ko‘tarilgan masalalar
deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi doimiy kuzatib borilishi ta’kidlandi.
🔷 Hudud deputati tomonidan sayyor
qabulda ishtirok etmagan Davlat kadastrlar palatasi tuman bo‘limi tomonidan mas’ulning
ishtirok etmaganligi, bu esa o‘z navbatida xalq dardiga befarqlik ekanligi ta’kidlandi.
🔷 Sayyor qabullar aholi muammolarini joyida o‘rganish,
ularga amaliy yechim topish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Telegram | Facebook | YouTube