“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — taraqqiyot va faollikka chorlov
🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Raximov va hudud deputati Ozodaxon Dadajonova ishtirokida Dilkusho MFYda mahalla faollari va jamoatchilik bilan Prezidentimizning Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.
🔷 Muloqot davomida strategiyaning ustuvor vazifalari, amalga oshirilayotgan islohotlar va aholi hayotiga ta’siri haqida tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar o‘z fikr va takliflari bilan ishtirok etishdi.
🔷 Strategiya va tashabbuslar yurtimizning taraqqiyoti, xalq farovonligi va mahalla obodligi uchun har bir fuqaroning faolligi muhimligini namoyon etadi.
🔷 Uchrashuv yakunida barcha ishtirokchilar yaqinda boshlanadigan “Tashabbusli byudjet” jarayonida faol qatnashishga va mahalla rivojiga hissa qo‘shishga chorlandi.
Telegram | Facebook | YouTube