Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — taraqqiyot va faollikka chorlov
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Elektr ta’minoti masalasi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadriga yuksak ehtirom
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Deputatlik so‘rovi – bolalar baxti yo‘lida
Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi

    Bugun Guliston tumanida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Sirojiddin Boboqulov bilan hamkorlikda Xalq deputatlari Guliston tuman 20-Tajribakor saylov okrugidan deputat Olimjon Jo‘rayev mahallalardagi hokim yordamchilari bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etdi.

   Uchrashuv davomida hokim yordamchilarining mahallalardagi faoliyati tahlil qilinib, 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2026-yilda belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

   Uchrashuvda tumanda ishsizlik darajasini qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va fuqarolar daromadlarini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar yuzasidan ham tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4