Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — taraqqiyot va faollikka chorlov
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Elektr ta’minoti masalasi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadriga yuksak ehtirom
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Deputatlik so‘rovi – bolalar baxti yo‘lida
"Yangi ro‘zg‘or" mahallasidagi muammolar "24 muhim yo'nalish" asosida tahlil etildi.

"Yangi ro‘zg‘or" mahallasidagi muammolar "24 muhim yo'nalish" asosida tahlil etildi.

Bugun xalq deputatlari tuman Kengashiga "3-Yangi ro‘zg‘or" saylov okrugidan saylangan deputat S.Toxirov "Yangi ro‘zg‘or" MFYda bo‘lib, saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Deputat o‘z faoliyatini mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" mezonlari asosida tashkil etdi.

O‘rganish davomida "mahalla yettiligi" bilan quyidagi dolzarb masalalar tahlil qilindi:

Tahlil nimalarni ko‘rsatdi?

Mahalla drayverlari va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

Bandlik va daromad: Ishsizlar ro‘yxati qayta shakllantirilib, "Tomorqa — daromad manbai" tamoyili asosida issiqxonalar va kasanachilikni rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda.

Infratuzilma: Ichki yo‘llarning holati, ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar xatlovdan o‘tkazildi. Ma’naviy eskirgan transformatorlarni yangilash bo‘yicha dasturiy takliflar kiritildi.

Jinoyatchilik profilaktikasi: "Xavfsiz mahalla" tamoyili asosida hududdagi notinch oilalar va yoshlar bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash;

Ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi;

O‘rganish davomida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, aniqlangan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.