Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — taraqqiyot va faollikka chorlov
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Elektr ta’minoti masalasi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadriga yuksak ehtirom
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Deputatlik so‘rovi – bolalar baxti yo‘lida
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputat va mahalla hamkorligi yuzasidan uchrashuv

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Cho‘mishli” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida qarorda belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati atroflicha muhokama qilinib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli ravishda o‘rganish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, bandlikni ta’minlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar bilan ochiq va shaffof muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, murojaatlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Uchrashuv yakunida hududda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar, ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, shuningdek, infratuzilma obyektlarini bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Deputat va mahalla faollari o‘rtasidagi samarali hamkorlik hududni barqaror rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 3