Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — taraqqiyot va faollikka chorlov
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Elektr ta’minoti masalasi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadriga yuksak ehtirom
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Deputatlik so‘rovi – bolalar baxti yo‘lida
Bo‘ston mahallasida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari N.Kiyamov, M.Raximov hamda Ishtixon tumani hokimi o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S.Ochilov tomonidan Bo‘ston mahallasida ichki yo‘llarini shag‘allashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida shag‘al yotqizish jarayoni sifati hamda aholining qatnovi uchun yaratilayotgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullar tomonidan bajarilayotgan ishlarning bugungi holati atroflicha ko‘zdan kechirilib, ishlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ichki yo‘llarning hozirgi holati, mavjud muammolar hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar asosida kelgusida yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash, mavsumiy noqulayliklarning oldini olish hamda transport harakati uchun qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

 Bu kabi amaliy o‘rganishlar orqali mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish va ichki yo‘llarning holatini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 3