Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — taraqqiyot va faollikka chorlov
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Elektr ta’minoti masalasi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadriga yuksak ehtirom
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Deputatlik so‘rovi – bolalar baxti yo‘lida
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun tuman Kengashi deputati Eldor Otaboyev hamda viloyat Kengashi deputati Ro‘ziqul Primqulovlar saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan murojaatlar yuzasidan o‘z saylov okruglaridagi muammolarni joyiga chiqib o‘rgandilar.

Xususan, “Bekat” mahallasida joylashgan “Yangi avlod” hamda “Baxtli hayot-2” ko‘chalarini shag‘allashtirish zarurligi qayd etildi. Mazkur ko‘chalarda yog‘ingarchilik paytida yo‘llarning yomonlashib ketishi sababli aholi harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqaro A. Murodov tomonidan mahalladagi “Sharq yulduzi” ko‘chasida elektr ta’minotini tartibga solish masalasi ko‘tarildi. Fuqaro Sh. Nortmatov esa mahalla ichki ko‘chalari bo‘yida piyodalar yo‘lagini barpo etish zarurligini bildirdi.

Mazkur murojaatlar yuzasidan deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovlari yuborilishi hamda masalalar deputat nazoratiga olinishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3