🔹Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputatligiga 1- Uchko‘prik saylov okrugi hududidan saylangan deputat Narimonjon Meliqo‘ziyev
aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.
🔹Ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan tibbiy yordam, ijtimoiy-iqtisodiy, kommunal sohalar hamda mahalla
infratuzilmasini yanada yaxshilash masalalariga oid taklif va murojaatlar bildirildi.
🔹Fuqarolar murojaatlarining aksariyati mahalla ko‘chalarini shag‘allashtirish va asfaltlashtirish masalalarida bo‘lganligi bois qo‘shimcha
o‘rganishlardan so‘ng mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputat so‘rovi yuboriladigan va ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati