Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi — taraqqiyot va faollikka chorlov
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Elektr ta’minoti masalasi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadriga yuksak ehtirom
янв.21
Deputat sayyor qabuli — aholi muammolariga yechim sari
янв.21
Deputatlik so‘rovi – bolalar baxti yo‘lida
“YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

#Andijon_yoshlar_day

“YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingani yurtimizda yosh avlodga qaratilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.

Mazkur tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov 50-maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonlari, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda davlat dasturlari doirasidagi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shahar hokimi Elyorbek Karimov ushbu maktab o‘quvchisi Sevinchxon Haydarova xalqaro IELTS imtihonidan 8.5 ballni qo‘lga kiritganligi uchun samimiy tabriklab kelajakdagi o‘qish va ishlarida muvoffaqiyat tiladi.

Slide 1 of 5