Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Mahmud Hamroqulov 25- “Eski shahar” saylov okrugida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Uchrashuvda Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva va tuman Kengashi deputatlari, mahalla “yettiligi”, mahalla faollari hamda turli masalalar yuzasidan murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan qabulda hududdagi ijtimoiy, kommunal va bandlik masalalari muhokama qilinib, har bir murojaat atroflicha tinglandi.
Xususan, “Eski shahar” mahallasida istiqomat qiluvchi R.Nizamovning murojaati bandlik masalasi sababli tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga yo‘naltirildi va nazoratga olindi.
Shuningdek, L.Muhammedaliyevaning uy-joy ta'miri yuzasidan qilgan murojaati tinglanib, joyiga chiqib tegishli tashkilotlar bilan o‘rganish belgilab olindi.
Mazkur uchrashuv fuqarolarning murojaatlarini bevosita eshitish, muammolarni tizimli hal etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish yo‘lidagi amaliy qadam bo‘ldi.