Prezidentimiz xalqaro miqyosdagi muammolarga javoban jahon hamjamiyatini hamkorlikka chaqirdi. Xususan, 2026-yilda Xivada oʻtkaziladigan moliyaviy arxitektura boʻyicha xalqaro anjuman tashabbusi – bu nafaqat milliy manfaatlar, balki global adolatni taʼminlashga qaratilgan yuksak siyosiy tashabbusdir. Bugungi kunda Oʻzbekiston xalqaro moliya institutlari bilan ochiq, shaffof va samarali hamkorlik orqali investorlar uchun ishonchli sherik sifatida namoyon boʻlmoqda. Shu munosabat bilan nutqdagi har bir fikr – faqat ichki emas, balki tashqi siyosat nuqtayi nazaridan ham mamlakatning pozitsiyasini belgilaydi.
Xalq Deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati
Isroilova Mahfuza Nematovna