Prezidentimiz tomonidan taklif etilgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi – bu markazdan mahallagacha boʻlgan yangi ijtimoiy mobilizatsiya modelidir. Unda kambagʻallikka chek qoʻyish uchun 7 ta aniq ustuvor yoʻnalish belgilandi va ularning har biri – mahalliy Kengashlar, deputatlar va ijro hokimiyati faoliyatida muhim dasturilamalga aylanishi zarur. “Mahallabay ishlash”, “Inson markazi”, “Ijtimoiy daftar”, “Manzilli yordam” kabi yondashuvlar mahalliy darajada xalq bilan ishlashni tizimli va samarali qilishga xizmat qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, bugungi kun talabiga mos ravishda har bir mahalliy Kengash oʻz hududida kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha maqsadli hududiy dastur ishlab chiqishi lozim, deb hisoblayman.
Xalq Deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati
Sarimsoqov Furqat O`rolovich