Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi saylov okrugi deputatlari bilan muhum masalalar yuzasidan videochat orqali yig'ilish olib borildi.
Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi raisi, kotibiyati mudiri yig'ilish jarayonida aholining turmush tarzini yaxshilash, mahallalarda mavjud muommolarni o'z vaqtida hal qilish, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratdi.
Shuningdek deputatlar joylarda uzoq hududlaridagi umumta'lim maktablari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini o'rganish ularda aniqlangan kamchiliklar muommo va takliflari bo'yicha doimiy komissiya yig'ilishlarida muhokamaga olib kirishliklari hamda ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari va joylarda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etish zarurligi ta'kidlandi.