🔹 Deputatlar nazoratida — kuz-qish mavsumiga
tayyorgarlik
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi
deputatlari Shuxratjon Raximov va Ozodaxon Dadajonova tomonidan tumandagi
ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha o‘rganish
ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish jarayonida Farg‘ona tumani
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 40-sonli umumta’lim maktabida
jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Xususan, davlat-xususiy sheriklik asosida biriktirilgan
“TexnoGeoStroy” MChJ tomonidan bir necha oy avval olib kelingan isitish qozonlari
hanuzgacha o‘rnatilmagani va foydalanishga topshirilmagani ma’lum bo‘ldi.
Bu esa, kuz-qish mavsumi ostonasida ta’lim muassasasida
o‘quv jarayoni samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan
bartaraf etish, mavsumni betalofot va samarali o‘tkazish maqsadida tuman Maktabgacha
va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Sh.Yuldashev hamda DXSh rahbarlariga
qat’iy murojaat yo‘llandi.