#MUNOSABAT
Yurtimizda
ta’lim sohasiga qaratilgan e’tibor yil sayin yangi bosqichga ko‘tarilayapti. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yana bir bor ta’lim
va muallim masalasi — mamlakatimiz kelajagi uchun eng asosiy ustuvor vazifa ekani
alohida ta’kidlandi.
Davlatimiz
rahbarining: “Iqtisodiyot rivojlanishi, yurtimiz va farzandlarimiz kelajagi
faqat va faqat ta’lim va muallimga bog‘liq”
degan so‘zlari har birimiz uchun yurakdan chiqqan, hayotiy haqiqatdir.
Haqiqatdan
ham, farzandlarimiz sog‘lom, bilimli va barkamol bo‘lib voyaga yetsagina, yurtimiz
taraqqiyotini ta’minlay olamiz. Shu bois, ta’lim muassasalarida sog‘lom muhit yaratish,
ustoz va tarbiyachilar uchun munosib sharoit barpo etish, zamonaviy bilim va tafakkurga
ega avlodni tarbiyalash — bugungi kunning eng muhim vazifasi bo‘lib qolmoqda.
Deputat
sifatida aytamizki, biz
uchun eng katta mas’uliyat — joylardagi maktab va bog‘chalarning holatini o‘rganish,
muammolarni xalq vakillari sifatida ko‘tarish, ular yechimini ta’minlashdir.
Prezidentimiz
belgilab bergan vazifalar – bo‘sh turgan xonalarni ta’mirlab foydalanish, qurilishi
cho‘zilayotgan bog‘chalarni ishga tushirish – bu bolalarimiz, farzandlarimiz taqdiri
bilan bog‘liq ishdir. Bu masalada kechiktirishga, loqaydlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Biz,
deputatlar, xalq bilan hamjihat holda, ushbu vazifalarning amalga oshishi va ta’lim
tizimining sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni
safarbar etamiz.
Chunki kelajagimiz jonajon farzandlarimiz qo‘lida. Ularga
eng katta boylik — ilm va ma’rifatni berish esa barchamizning burchimizdir.
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari
Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov