Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar salomatligi — eng oliy maqsadimiz

Yoshlar salomatligi — eng oliy maqsadimiz

Bugungi kunda yoshlarimizning sog‘lom va bilimli bo‘lib voyaga yetishi — nafaqat davlat, balki jamiyat va har birimiz uchun eng katta mas’uliyatdir.

Shu bois, biz — deputatlar doimo ta’lim muassasalaridagi sharoitlar, o‘quvchi-yoshlar salomatligi va ularning turmush tarzini diqqat bilan o‘rganib kelmoqdamiz.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Qahramon Makarov mahalla yettiligi va mas’ullar bilan hamkorlikda Do‘stlik mahallalari hududidagi 26-sonli maktabda bo‘lib, qator masalalarni o‘rgandi.

Avvalo, maktab oshxonasida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktab atrofidagi savdo do‘konlarida fast-fud mahsulotlari va energetik ichimliklar savdosi o‘rganildi.

Tadbirkorlar bilan suhbat davomida — yoshlar salomatligini asrash borasida mas’uliyatli bo‘lish, zararli mahsulotlarning oqibati haqida;

O‘quvchilar va ustozlar bilan esa samimiy suhbat o‘tkazib, sog‘lom ovqatlanish va zararli odatlardan yiroq turish haqida;

Shu bilan birga, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ham o‘rganildi.

Haqiqatan ham, farzandlarimiz sog‘ligi — kelajagimiz sog‘ligi demakdir. Agar yoshlarimiz sog‘lom, ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetsa, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimizning farovon kelajagi ta’minlanadi.

✨ Yoshlar salomatligi — bu barchamiz uchun eng ustuvor masala, eng oliy maqsad va eng katta mas’uliyat bo‘lmog‘i lozim!

Slide 1 of 4