Saylovchi muammosi – deputatlar e’tiborida
Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zolari O.Dadajonova va Sh.Raximov tomonidan tuman hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaatlari asosida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida mas’ul tashkilotlar rahbarlari nomiga deputatlik so‘rovi yo‘llandi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq:
• Deputat so‘roviga befarq munosabat qonunga xilof hisoblanadi;
• Deputat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslaridan ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan asoslangan tushuntirish yoki rasmiy nuqtai nazar taqdim etishni talab qilish huquqiga ega;
• Mansabdor shaxslar deputatlik so‘roviga javobni, so‘rov olingan kundan e’tiboran, o‘n kun muddatda taqdim etishlari shart.
Shuningdek, deputatlik so‘rovlari yuzasidan kelib tushgan ma’lumot va xulosalar tegishli xalq deputatlari Kengashi majlislarida muhokama etilishi mumkin.