Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МУНОСАБАТ
янв.21
МУНОСАБАТ
янв.21
МУНОСАБАТ Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Япониянинг етакчи компаниялари, молия институтлари ва бизнес уюшмалари раҳбарлари билан ўтказган учрашуви икки давлат ўртасидаги иқтисодий ҳамкорлик изчил равишда чуқурлашиб, сифат жиҳатидан янги босқичга кўтарилганини яққол намоён этди. Япония ишбилармон доираларининг кенг ва нуфузли таркибда иштирок этгани ўзаро ишонч, очиқ мулоқот ҳамда узоқ муддатли стратегик шерикликка бўлган юксак қизиқишдан далолат беради. Энергетик барқарорликни таъминлаш, “яшил иқтисодиёт”га ўтиш, рақамлаштириш, сунъий интеллект ва юқори технологияли саноатни ривожлантиришга қаратилган ташаббуслар Ўзбекистон–Япония ҳамкорлигининг стратегик хусусият касб этаётганини кўрсатади. ЎзХДП Элликқальа туман депутати Р.Аллабергенов
янв.21
ELLIKQAL’A XDP: DEPUTAT SAYLOVChILAR BILAN MULOQOT QILDI
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
“Tadbirkorlar qabuli” bo‘lib o‘tdi

“Tadbirkorlar qabuli” bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlar Sariosiyo tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Abduqodir Donayev tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, yangi taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda tegishli chora-tadbirlarni belgilash maqsadida navbatdagi “Tadbirkorlar qabuli”ni o‘tkazdi.

O‘tkazilgan qabulda, 7 nafar tadbirkorning undiruv, kadastr va yer masalalari, huquqiy va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi. Yangi taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqildi. 

Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi tashabbuslarga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga aniq muddatlar bilan vazifalar yuklandi. Tuman hokimi har bir mutasaddi tadbirkorga ko‘makchi bo‘lib, uning qonuniy masalalarini hal etishga shaxsan mas’ul ekanligini ta’kidladi.

Slide 1 of 2