O‘zbekiston XDP Ellikqal’a tuman kengashi raisi X.Satlikov, Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman
Kengashidagi partiya guruhi a’zosi Sh.Xodjievlar ishtirokida Ellikqal’a tumani
“A Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Deputat mahallada” loyihasi doirasida
hudud aholisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashidagi partiya guruhi a’zosi Sh.Xodjiev joriy
yilning o‘tgan uchinchi choragi davomidagi faoliyati yuzasidan hisobot berdi.
Shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston uchun qabul qilingan farmon va qarorlarning
mazmun-mohiyati, partiya dasturiy maqsad va vazifalari keng turda tushuntirildi.
Muloqot davomida hudud aholisi tomonidan murojaatlar bo‘lib, ushbu murojaatlarning yechimi yuzasidan
vazifalar belgilab olindi.