DEPUTATLAR O‘Z SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BERMOQDA
Urgut tumani Ukrach MFYdagi 59-umumta’lim maktabida Xalq deputatlari Urgut tuman Kengashi deputati Ergasheva Dilfuza o‘z
saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yilning birinchi choragi davomida o‘z saylov okrugi doirasida olib borgan
ishlari, aholi murojaatlariga ko‘ra mas’ul tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ularning ijrosi natijalari, hududning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish dasturlari doirasida amalga ishlar, tuman Kengashining sessiya faoliyati doirasida ko‘rib chiqilgan masalalar haqida batafsil ma’lumot berdi.