Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МУНОСАБАТ
янв.21
МУНОСАБАТ
янв.21
МУНОСАБАТ Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Япониянинг етакчи компаниялари, молия институтлари ва бизнес уюшмалари раҳбарлари билан ўтказган учрашуви икки давлат ўртасидаги иқтисодий ҳамкорлик изчил равишда чуқурлашиб, сифат жиҳатидан янги босқичга кўтарилганини яққол намоён этди. Япония ишбилармон доираларининг кенг ва нуфузли таркибда иштирок этгани ўзаро ишонч, очиқ мулоқот ҳамда узоқ муддатли стратегик шерикликка бўлган юксак қизиқишдан далолат беради. Энергетик барқарорликни таъминлаш, “яшил иқтисодиёт”га ўтиш, рақамлаштириш, сунъий интеллект ва юқори технологияли саноатни ривожлантиришга қаратилган ташаббуслар Ўзбекистон–Япония ҳамкорлигининг стратегик хусусият касб этаётганини кўрсатади. ЎзХДП Элликқальа туман депутати Р.Аллабергенов
янв.21
ELLIKQAL’A XDP: DEPUTAT SAYLOVChILAR BILAN MULOQOT QILDI
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
“Abdulla Qodiriyning ijod yo‘li” mavzusida adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi

2025-yil 10-aprel kuni o‘zbek jadid adabiyotining yirik vakili, o‘zbek romanchiligi asoschisi, yozuvchi va shoir Abdulla Qodiriyning tavallidining 131 yilligi munosabati bilan O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi hamda institut axborot resurs markazi bilan hamkorlikda “Abdulla Qodiriyning ijod yo‘li” mavzusida adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi. Unda Jizzax shahar kengashi deputati, dotsent X.Xamdamova, institut axborot resurs markazi direktori M.Ropiyeva, o‘quv zali boshqaruvchisi G.Hakimova, Arxitektura va qurilish fakulteti tyutori B.Inatovlar kitobxon-talabalarga adibning ibratli hayot yo‘li, samarali ijodi, yaratgan asarlari va ularning g‘oyaviy ahamiyati kabi mavzularda ma’lumotlar berib o‘tishdi. Tadbir davomida talabalar adib asarlarining yaratilish tarixi, ularning nomlanish xususiyatlariga doir savollar berishib, ustozlar tomonida javoblar olishdi. Shu bilan birga, talabalar adib qalamiga mansub she’rlardan namunalar aytishib, faol qatnashganligi uchun badiiy kitoblar bilan taqdirlanishdi.

Slide 1 of 4