Sessiya ishida Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Zafar Ruziyev, tumandan saylangan viloyat Kengashi deputatlari, tuman tashkilot va muassasalari rahbarlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib:
• Sharof Rashidov tumanini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dastur tasdiqlandi;
• Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi.