Shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining navbatdagi XVI sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida shahar hokimi Nurali Jo'rayev, Navoiy viloyati hokimligi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik
va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi rahbari U. Sharipov, shahar kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari,
huquqni muhofaza qiluvchi organ mas’ullari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda
ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish
idoralari mas’ul xodimlar va mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, sessiya yakunida Xalq deputatlari G'ozg'on shahar Kengashi raisi lavozimiga tayinlov ham bo'lib o'tdi.
Mazkur lavozimga Ro'ziyev Zuxriddin Muhiddinovich tayinlandi.