Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МУНОСАБАТ
янв.21
МУНОСАБАТ
янв.21
МУНОСАБАТ Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Япониянинг етакчи компаниялари, молия институтлари ва бизнес уюшмалари раҳбарлари билан ўтказган учрашуви икки давлат ўртасидаги иқтисодий ҳамкорлик изчил равишда чуқурлашиб, сифат жиҳатидан янги босқичга кўтарилганини яққол намоён этди. Япония ишбилармон доираларининг кенг ва нуфузли таркибда иштирок этгани ўзаро ишонч, очиқ мулоқот ҳамда узоқ муддатли стратегик шерикликка бўлган юксак қизиқишдан далолат беради. Энергетик барқарорликни таъминлаш, “яшил иқтисодиёт”га ўтиш, рақамлаштириш, сунъий интеллект ва юқори технологияли саноатни ривожлантиришга қаратилган ташаббуслар Ўзбекистон–Япония ҳамкорлигининг стратегик хусусият касб этаётганини кўрсатади. ЎзХДП Элликқальа туман депутати Р.Аллабергенов
янв.21
ELLIKQAL’A XDP: DEPUTAT SAYLOVChILAR BILAN MULOQOT QILDI
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI O'N OLTINCHI SESSIYASI BO’LIB OʻTDI

XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI O'N OLTINCHI SESSIYASI BO’LIB OʻTDI

Sessiya ishida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari, viloyat hokimi o'rinbosari Elbek G'afforov, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, Kengash kotibiyati va aloqador korxona, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan har bir masala yuzasidan masʼullarning hisobotlari tinglandi. 

Sessiyada kun tartibiga kiritilgan masalalar birma-bir muhokama qilinib, shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid dolzarb vazifalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisligiga “21-Turon” saylov okrugidan saylangan deputat Bazarov Baxtiyor Yaxshilikovich nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

🟢Kun tartibidan o'rin olgan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinib, sessiya o‘z ishini yakunladi.

Slide 1 of 19