Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МУНОСАБАТ
янв.21
МУНОСАБАТ
янв.21
МУНОСАБАТ Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Япониянинг етакчи компаниялари, молия институтлари ва бизнес уюшмалари раҳбарлари билан ўтказган учрашуви икки давлат ўртасидаги иқтисодий ҳамкорлик изчил равишда чуқурлашиб, сифат жиҳатидан янги босқичга кўтарилганини яққол намоён этди. Япония ишбилармон доираларининг кенг ва нуфузли таркибда иштирок этгани ўзаро ишонч, очиқ мулоқот ҳамда узоқ муддатли стратегик шерикликка бўлган юксак қизиқишдан далолат беради. Энергетик барқарорликни таъминлаш, “яшил иқтисодиёт”га ўтиш, рақамлаштириш, сунъий интеллект ва юқори технологияли саноатни ривожлантиришга қаратилган ташаббуслар Ўзбекистон–Япония ҳамкорлигининг стратегик хусусият касб этаётганини кўрсатади. ЎзХДП Элликқальа туман депутати Р.Аллабергенов
янв.21
ELLIKQAL’A XDP: DEPUTAT SAYLOVChILAR BILAN MULOQOT QILDI
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

 Uchko‘prik tumani hokimi ishtirokida aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. 

Qabulda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Qodirjon Erkaboyev va Isroiljon Turdaliyev, Xalq qabulxonasi mutasaddilari, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Ishankulov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, soliq inspeksiyasi va mas’ul tashkilotlar
rahbarlari ishtirok etdi. Qabul davomida 37 nafar fuqaro tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, kommunal sohalar va mahalla infratuzilmasini yaxshilash kabi masalalarga oid taklif va murojaatlar bildirildi. 

Muammolarning aksariyatiga qabul davomida ijobiy yechim topildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1