Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi

Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashining **“Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi nizom hamda komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”**gi qarori asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan hududlarda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarning doimiy ish bilan ta’minlanganligi, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar faoliyati, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, aholini kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining amaliy natijalari tahlil qilindi.

Shuningdek, hududlarda ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromad manbalarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan dasturlar ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bandligini yanada oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar ustidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 8