Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

 Davlatobod tumanida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarga joyida yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. 

Davlatobod tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman kengashi 3-Orzu saylov okrugi deputati Anvarjon Tojimirzayev Xalq deputatlari tuman kengashi raisi Toxirjon Boydedayev Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qilib, ularning qonuniy murojaatlarini tingladi. 

Qabul jarayonida o‘ndan ortiq fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar mutasaddi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Yakka tartibda o‘tkazilgan qabul chog‘ida bildirilgan murojaatlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi hamda ularning ijrosini so‘zsiz ta’minlash tuman rahbari tomonidan alohida nazoratga olindi. 

Shuningdek, qabul davomida halol mehnat va qonuniy murojaat orqali barcha masalalarga yechim topish mumkinligi ta’kidlanib, fuqarolarning murojaatlari e’tiborsiz qolmasligi qayd etildi.

Slide 1 of 4