Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
#o'rganish #deputat hududda

Olmaliq shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini o‘rganish doimiy e’tiborda.

Kuni kecha shahrimizdagi "Islom Karimov" mahallasida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. Unda:

🔹Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Sevara Qodirova, Sanjar Mamayusupov, Sayfiddin Subanov;

🔹"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ul xodimi Jasur Tog‘ayev;

🔹Mahalla "yettiligi" vakillari ishtirok etishdi.

Ishchi guruh tomonidan hududdagi xonadonlarga birma-bir kirilib, quyidagi holatlar tahlil qilindi:

Imtiyozlar ijrosi: Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri va manzilli qo‘llanilayotgani;

Yashash sharoitlari: Fuqarolarning bugungi kundagi yashash holati, uy-joy va maishiy sharoitlari ko‘zdan kechirildi;

Amaliy muloqot: Davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi.

✍️ Natijalar va amaliy choralar:

O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas'ullarga zarur taklif va tavsiyalar berildi.

Zero, jamiyatimizning har bir a’zosi davlatimizning doimiy e’tibori va g‘amxo‘rligidadir.

📢 Ijtimoiy yordam va imtiyozlar bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, o‘z hududingizdagi "Inson" markazi yoki deputatlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Slide 1 of 2