Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Deputat tashabbusi bilan "Majnuntol" mahallasida eskirgan simyog‘ochlar yangi betonustunlarga almashtirildi

Jumladan, "22-Majnuntol” saylov okrugi deputati J.Xamroqulov o‘z okrugi hududida aholi bilan navbatdagi muloqotni o‘tkazdi. O‘rganishlar davomida "Majnuntol" mahallasi Yusuf Xos Hojib ko‘chasida yashovchi fuqarolar elektr ta’minotidagi tez-tez kuzatiladigan uzilishlar hamda yillar davomida yaroqsiz holga kelib qolgan, qulash xavfi bo‘lgan 2 ta eski yog‘och ustunlar (simyog‘ochlar)ni almashtirish bo‘yicha murojaat qilishdi.

Muammoni joyida o‘rgangan deputat soha mutasaddilari bilab bog‘lanib, muammoni hal etish choralarini ko‘rdi.

⏺Deputat tashabbusi bilan:

💬"Majnuntol" mahallasi Yusuf Xos Hojib ko‘chasidagi eskirgan, yaroqsiz yog‘och ustunlar to‘liq demontaj qilindi.

💬ularning o‘rniga zamon talablariga javob beradigan, mustahkam va xavfsiz yangi beton ustunlar o‘rnatildi.

💬elektr tarmoqlari tartibga keltirilib, aholiga sifatli energiya yetkazib berish tizimi yaxshilandi.

📶Deputat nazorati va nazorat tadbirlari shahrimizda ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, aholining turmush sifatini yaxshilash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 2