Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Томорқадан унумли фойдаланиш — даромад ва бандлик манбаи.
янв.21
Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda!
янв.21
Камбағалликни қисқартириш – устувор вазифа
янв.21
Saylovchilar bilan muloqot – dolzarb masalalar yechimi yo‘lida.
янв.21
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
янв.21
Oʻrta Gʻirvon MFYda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
янв.21
Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qurilish va bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
Hududdagi ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy masalalar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Toshloq tumanida ayollar tadbirkorligi qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Toshloq tumanida xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ularni daromadli mehnat bilan ta’minlash borasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Tumanning O‘zbekiston MFY, Katta ariq ko‘chasida yashovchi N.Rahimova o‘z xonadonida novvoychilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirib, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Z.Xalilovaga murojaat qildi. Uning tashabbusi qo‘llab-quvvatlanib, hunarini rivojlantirish maqsadida 15 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratib berildi.

Ajratilgan mablag‘ evaziga zarur jihozlar xarid qilinib, xonadonida yangi novvoyxona tashkil etildi. Bugungi kunda N.Rahimova turli xil non va milliy pishiriqlar tayyorlab, mahalla aholisiga sifatli mahsulot yetkazib bermoqda.

Shuningdek, ushbu mahallaning, chek ko‘chasida yashovchi D.Rahimova ham hokim yordamchisi ko‘magida 10 million so‘m imtiyozli kredit olib, qandolatchilik faoliyatini boshladi. U tayyorlayotgan turli xil shirinliklar, tort va pishiriqlar qisqa vaqt ichida xaridorlar e’tiborini qozondi.

Slide 1 of 4